1940 yilda Anqarada tug‘ilgan Johid Zarifo‘g‘li asli Marashdan. Otasining xizmati yuzasidan ilk va o‘rta ta’limni Sivarak, Anqara, Qizilchahammom va Qahramonmarashda tamomlagan. 1972 yilda Istanbul universiteti Adabiyot fakulteti, Olmon tili va adabiyoti bo‘limini bitirgan. Talabalik yillarida turli tashkilotlarda tarjimon bo‘lib ishlagan. Til o‘rganish uchun Yevropaga ketdi. Shu sababli butun Yevropani kezdi. Qaytgach, xususiy litseyda dars berdi. Mashina va kimyo industriyasida, TRT (Turkiya telekanali)da tarjimonlik, so‘ngra Istanbul radiosida bosh muharrir bo‘lib ishladi. Adabiy hayotga litseydalik paytidayoq kirib kelgandi. Marash gazetalarida she’r e’lon qildi. Marashda "Achchiq" nomli jurnal ham chiqargan. Ayniqsa, "Tirilish", "Adabiyot", "Mavera" jurnallarida ko‘plab she’rlari, hikoya va kundaliklari bilan tanildi. Ta’sis va nashr qilishda o‘zi ham ishtirok etgan "Mavera" (Uchinchi olam) jurnalini boshqardi."Yangi davr", "Milliy gazeta" va "Zamon" gazetalarida Ahmad Sog‘lom, Vedat Jom, Abdurahmon Jom taxalluslari bilan imzolagan dialogli bitikdari bilan shuxrat kozondi. "Islom", "Ayol", "Oila", "Gul bola" kabi qator jurnallarda ham e’tiborli chiqishlar qildi. So‘nggi yillarda ijodini to‘la bolalar adabiyotiga bag‘ishladi.
"Yurak bobo va podshoh" asari bilan 1984 yilda Turkiya yozuvchilar uyushmasiga qabul qilindi. Ijodkor she’rlari bir qarashda murakkab, tushunarsizday, ammo sinchiklab o‘qigan kitobxon ularning originalligini sezadi.
1987 yilda Istanbulda vafot etdi.
Asarlari: "Ishora bolalari" (She’rlar, 1967), "Yetti go‘zal odam" (She’rlar, 1973), "Ins" (Hikoyalar, 1974), "Manzillar" (She’rlar, 1977), "Yashash" (Kundaliklar, 1980), "Chumchuqqush" (Hikoyalar, 1983), "Daraxt qoqqanlar" (Ertaklar, 1983), "Kotir arslon" (Ertaklar, 1983),"Yurak bobo va podshoh" (Ertaklar, 1984), "Urush ritmlari" (Roman, 1985), "Qo‘rquv va tutish" (She’rlar, 1986), "Dunyo bir tegirmon" (Tajribalar, 1987), "Motorli qush" (Ertaklar, 1987), "Sutchi imomlar" (P’esa, 1987), "Daraxt maktab" (She’rlar, 1990).
BU YER QAYER, BU YER BIR ODAM
Qo‘rquvni qamraydi toshlar,
Qorong‘u ustiga tortganda pardani.
Ko‘k huzun-la qamrar xonani,
El uxlaydi, akvariumdagi baliq,
Rasmi olingan dengiz...
Shunday bir chechak bor edi,
Ro‘yodagi kechuv yuksalib,
Yuksalib, yuksalib, yuksalib,
Xatcho‘pni bir kechada ezib,
Qo‘lini qo‘llagan.
Peshonasini butun bir devorga tayagan,
Ovozlari esa o‘rmon kattaligida.
Quyoshga yo‘l ochgan bola,
Kurashib butun yurishlari bilan,
Kechikkan bir dengiz fonusi...
Soatlar yolvorar betinim tez-tez,
Shafaqni qizartar qon oqqan tomir.
Qiynaladi eshikka chorlangan odim,
Eng qo‘rqilgan haqiqatni,
Bir bo‘yin egish-la yengilgan...
Shunday bir gul bor edi,
Qil ildizlari,
Chog‘ning tebrangan devorlaridan.
Bu yer bir odam,
Bir ishq ishqida
Bir qancha hibsxonada tutilgan,
(So‘ng) oqib ketgan suv, uyg‘ongan odam,
Suvni kechib o‘tmoqchi bo‘lgak chumoli...
Bir toshning olovidan qo‘riga bosib,
Qochib qolan odam.
Ashyosini tashlamas hatto uyquda...
UCHAR NAYZA
Tong olqishlar kechani,
Issiq damlari, sukunatlari bilan
Oydinlatar bir uchidan,
Nonushta dasturxonidagi choy piyolasini.
Ravon, qobil, nurli bir og‘iz,
Yashirincha hujrani keltirar butunicha
Va aqlga kelgan telegraf simidagi
O’pishayotgan ikki kabutar,
Tozargan, yumshagan tumshug‘i bilan.
Bu o‘tgan nayza shiddatli qalin
Ajdodlarning qadri baland oti bilan
(Bu) shubhasiz yo‘lda kerak (da),
Nayza o‘tar nurdan,
Yorib borar kechani to‘ldirgan qorong‘uni ham...
QABUL
Eski shoirligim ketdi ko‘zimdan,
G’ayri bir hol ila yarog‘lanyapman.
Oziq yo‘ldosh bo‘lmas, kech to‘qliklardan,
Kamga to‘y, och inson zamonlarini.
Ot ol, ot min, yarog‘lan jigaringga chop,
Intil bola to‘ymas ilk bu suvlarga.
Hey-hey, ko‘zim, hey-hey ko‘z yoshsiz qolding,
Qancha xanjar urding, sabrni qadoqlading.
Ko‘ksimda bir kichik daryo topdim,
Ipingga bog‘lanmas jayron yo‘ldoshim.
Etagini ko‘targan bir sevgili tushdi qumloqqa,
Ingichka quruqdudoqlarida bir hasrat chinqirig‘i.
Zarif, sen ham ingra toki huzurga bording,
Qancha isyon qilding, shuncha g‘urbatda qolding...
GO’ZALCHIN
Chop, chopaver, anor ko‘zlim,
Do‘mboqqina oyoqlaring-la.
Tulpor abzallik belbog‘ing,
Kelishgan beling ustida.
Chopaver, azoblardan qochamiz,
Magizlar uzum bo‘ldimi hech?...
Bir so‘z, ikki kulish, bir o‘pich,
Bir-biriga qovushgan tanlar...
Ruxsatlimsan, ishqimsan beri kel,
Qoning ko‘pirik, boshing tik.
O, sevimli boqishing bilan,
Ichimni yuv, marmar to‘sha, kel...
Yuksakda yangi oy inja ishorat,
Na so‘qir ko‘zlar kezar zulmatda.
Na uyning sevinchidan qo‘rqqan bor,
Osmonlarda quyosh va bolalarimiz.
Cherdakda namlik va sirka yotar.
Enagang shirinlik qilib tarqatsin.
Baxtlimiz-butun dunyoga baqir,
Dunyo eshitsin...
ZARIF CHO’PON
U go‘zalni menga bersalar,
Do‘mboq qo‘zichoqlar haqqiga.
Yaylovlarga atlas gilam sarsalar ,
Do‘mboq qo‘zichoqlar haqqiga.
Yoyilsin tuproqlar, oshiqlar kezadi,
Faryod, toshlarni ingratadi.
Boshga gulu sumbul ursalar,
Do‘mboq qo‘zichoqlar haqqiga.
Ayri qolsam yig‘lar, ingrarman,
Tog‘ suyanchi, tiklik, choriqtilarman.
Bag‘rimda yosunlar undi ko‘rsalar,
Do‘mboq qo‘zichoqlar haqqiga.
O’tayotgan bulut, o‘tayotgan umrdir,
Tunmi, sochmi bu, yo‘q, ko‘mirdir.
Zarif cho‘pon bo‘ddi bilsalar,
Do‘mboq qo‘zichoqlar haqqiga...
MANZILLAR
So‘zing va yo‘ling boshchashmasi ruhimning,
Jonim ichra sevinch berar so‘zlaring.
Hatto, boqqanim - tog‘lar o‘yi ham yig‘latar meni,
Qancha buyrug‘ingga o‘ransam, shuncha hurman sultonim.
Ishqing ming ko‘zli devga bir bosh ekan,
Yum har ko‘zingni uyqularu suhbatdan.
Tin ol ey Zarif, tadbir uchun ko‘p so‘zlading,
Bu nuqsonli aql bilan bu qanday jur’at qilganing?...
ISTAB
Qarshi tog‘dan ma’ragan jonim,
Kunlar qanday g‘azab qilar boshimizda.
Qo‘lingni uzatib boqdingmi g‘amli qo‘shni o‘lkaga,
Bulbul nega bog‘langan hech so‘radingmi?
Suyaklari hurigan bir insonni ko‘rdim...
Qarshi tog‘dan ma’ragan jonim.
Uyning ko‘rinmagan qo‘llari,
Yomg‘ir yonoqlarida ko‘z yosh donalari.
Uzoqqa ketganlar jon pora erkak og‘alari...
Uyda qizlar,.tengsiz bu qizlar,
Olov kabi ulfatlari-
Dog‘li, salqin piyolalaru, chelaklari...
Onalari bilinmas bir burchakda,
Bir nog‘ora kabi...
Hayotning boshida changit ko‘y yungini,
Halloch bilan, hallochlar bilan.
Bir yopiq og‘zing bor, go‘yo ulug‘ marsh eshitib,
Sukut qilganday...
Taxmondan menga (ham) bir ko‘rpa oldilar,
Usti moviy chechaklardan.
Bir dahlizdan o‘tqazib joy soldilar,
Taradilar uyqumning sochini soatlarcha,
Hozir(cha) ustim sog‘lom,
Qarshimda hamla yotoqlari...
Bir qo‘limda qilich,
Bir qo‘limda zafar duolari...
MUQADDAS MOVIY BOLA SHE’RI
Qo‘llaring chiqdi va ko‘kning o‘rtasiga keldi,
Dalada.
Qarashi borgan sari tuproqqa qorishgan.
Bu qadar (nenidir) kutarkan,
Xabarsiz edi,
Hatto ular ham xabarsiz edilar..
(Ilk bor)
Suvlar angladimi,
Tog‘lar sezdimi,
Yoki biror gulmi noxosdan?
Bir kun,
Qand kabi bir lahza,
Metin kabi bir lahza.
Hamma narsa
Va hammasi boshin ko‘tardi,
Darhol qo‘lining soyasi tushdi yuzlariga.
Qorishiq, mavhum, uzun,
O’tdi, o‘taverdi soyasi,
Zardo‘shtning oyoqlaridan bir burgutning..
XOTIRA DAFTARIDA GUL YAPROG’I
Xotiralar daftaridan gul yaprog‘i kabi
Unutildim, quridim .
Boshimga savdo tuzog‘i tushdi.
Bir boshimga tanholik qahrini chekdim,
Sen, kim bilar shamolli etaklaring-la,
Qaysi iqlimdasan.
Men sensiz bu sukunatda,
Ayriliq-la boshim baloda,
Ko‘zlaringni ko‘chir ko‘zimga...
Yo‘qsa men sensiz bu sukunatda
Telbalanaman,
Bu sukunatda...
ISHORA BOLALARI
Yosin o‘qilgan, xushbo‘y tutatilgan bozorlardan
O’tib borardi otam,
Boshida yomg‘ir xalqalari...
Onam yashil xirqalar ko‘rardi tushida,
Yana ilk go‘zalligida edi...
Peshonasini ikki tog‘ o‘rtasiga solgan,
Bir devning ko‘ksiga o‘xshagan,
Ko‘ksidan duolar o‘tarkan...
Bozorlar, qo‘llarida non tugunlari,
Jome’ hovlilariga ochilgan...
Hovuz suvlariga to‘plangan bolalar,
Ko‘rmasdan quyoshning butun ranglarini,
Olib kelmasdilar do‘kondagi otalariga,
O’choqda pishgan qaynoq yemaklarini,
Buvilari solib bergan kichik idishlarni...
Boshi va yuragi botir,
Qal’alarini qo‘riqlagan ayollarning,
Boshlarini og‘irlashtirgan,
Og‘ir qora shalola sochlarini,
Tutganda yosharardi erkaklar.
So‘ngra inson shundayki, dengizda,
Katta kichik daryoda,
Badanni yuvgan afsunli suvda,
Avval niyat qilib, so‘ng yuvinardi.
Zamon dard keltirdi suvlarga,
Ichida baliqlar yotgan qoyalar.
Urushgan insonlar qo‘lida,
Yo‘nilib, nayza holiga kelgan...
Onam, qurigan cho‘p qo‘lida,
G’avg‘o qilgan bir jur’at-la
Qora o‘choq toshlariga
Ishoralab qo‘ydi bolalarini,
Belida bo‘lgan otamning...
Oq qog‘ozga yozgan ismlarini,
(Inkor qilib).
Yuragi qo‘rquvdan quvvatlandi otamning,
Unutib yoshlik kunlarini...
Vaqt olib ketgan kunlarni...
Mustahkam topishmoq bilan,
Otini shaharga burdi yana...
Yung yigirib, otni kutgan ayollar,
O’rmonlarda tepadan egilgan tuproq uylarda,
Kichik derazali qorong‘u tor xonalarda...
Uzoqdan kelgan bo‘ri nolishi...
Uzokqa chekikib ketgan,
Ayozda qstgkn kulgular ichida,
O’rmonlarda sut emizgan ona,
Unutdi bora-bora kattargan bolasini...
Mudom qocharmish shaharlarning
Temir tog‘lariga,
Uxlanshim bilai tuproq beshigimda,
Sohnibsiz qolgan,
Qo‘limdan ketgan edi,
Oydinlik kunlarim!...
Abdulatif Abdullayev tarjimasi